So’nggi yangiliklar

19:10Суперлигада мураббийлар "рокировкаси": танаффусдаги кутилган ва кутилмаган тайинловлар 0 18:37Хабиб Нурмагомедов ЖЧ–2026нинг рамзий терма жамоасини тузди. Унда Месси ва Роналду йўқ 0 17:53Асу Алмабаев RAF Лигасидаги илк жанги эълон қилинди 0 17:26Музаффаров ва Холдаров Ереванда илк жангларини ўтказишди 0 16:54Винисиус косметик операция қилдирди 0 16:25Қозоғистонлик Жаҳон чемпиони Жанибек Алимханули бошқа вазнга ўтаётганини эълон қилди 0 15:57Мария Тимофеева Прагада муваффақиятли старт олди 0 15:25Богдан Гусков ва Рамазон Темиров UFC Abu Dhabi турнири олдидан медиа тадбирлардаги иштирокини бошлашди 0 14:49ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси "Реал"га ўтмоқчи 0 14:13Пара академик эшкак эшувчиларимизнинг кейинги манзили Германия бўлади 0 13:37Ёш сузувчиларимиз қитъа биринчилигида яна олтин ва бронза медаллари билан тақдирланишди 0 13:09Ҳумоюн Тўхтамуродов бразилиялик спортчи билан жанг қилади (ПОСТЕР) 0 12:42ФИФА ЖЧ-2026'да қанча даромад топди? 0 12:05Оливейра Махачевга маслаҳат берди 0 11:38Таэквондочиларимиз Жанубий Кореядаги халқаро турнирни 3 та медаль билан бошлашди 0

14 may 18:00
Yangiliklar

Engil atletika

Toshkent nufuzli xalqaro turnirga mezbonlik qiladi

Bugun O'zbekiston engil atletika federaciyasida Xalqaro engil atletika federaciyalari associaciyasi tomonidan rasman tan olingan musobaqa World Athletics qita bosqichi - UNG Meeting bronza darajasidagi xalqaro turnirga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazishga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Anjumanda federaciya vakillari, Bojxona qo'mitasi masullari, tegishli vazirlik va idoralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Unda Markaziy Osiyo engil atletika associaciyasi bosh kotibi Aleksey Kondrat 15 may kuni bo'lib o'tadigan mazkur turnirga tayyorgarlikning borishi haqida jurnalistlarga axborot berdi.

UNG Meeting musobaqasida mamlakatimizning etakchi sportchilari, shuningdek, xorijiy mamlakatlardan, xususan, Ozarbayjon, Efiopiya, Gruziya, Eron, Isroil, Qozog'iston, Qirg'iz Respublikasi, Tojikiston, Ukraina, Turkiya, Marokash, Sudan kabi 13 ta davlatdan taklif etilgan etakchi engil atletikachilar ishtirok etadi.

Mazkur turnirda ishtirok etish sportchilarga shu yil 13-21 sentyabr kunlari Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etish hamda muhim ochkolarni jamg'arish orqali jahon reytingida o'z mavqeini oshirish imkonini beradi.

Mazkur turnir O'zbekiston engil atletika federaciyasi, Sport vazirligi, Bojxona qo'mitasi hamda Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan o'zaro hamkorlikda o'tkazilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing