06 jan 11:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Toshkent qo'lqopsiz janglar bo'yicha yirik turnirga mezbonlik qiladi. Markaziy bahsda hamyurtimiz UFC sobiq jangchisi bilan to'qnash keladi
30 yanvar kuni Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida qo'lqopsiz janglar bo'yicha PRIME FC turniri tashkil etiladi.
Musobaqaning markaziy jangida o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Bobur Qurbonov chiqish qiladi. Unga o'sha kuni rossiyalik UFC sobiq vakili Denis Tyulyulin raqib bo'ladi.
Aslida, Qurbonov — Tyulyulin bellashuvi 2025 yilning 31 oktyabr kuni Moskvadagi IBA Bare Knuckle turnirida tashkil etilishi kerak edi.
Bundan tashqari, musobaqada yana bir mashhur MMAchimiz — Bobur Abdulazizov ham ishtirok etadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar