So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

01 fev 19:43
Yangiliklar

Tadbirlar

Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasida rejalar muhokama qilindi

Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasida 2020 yilda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi

Jismoniy tarbiya bo'yicha mutaxassislarni ilmiy metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi “O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF–5924-sonli Farmoni hamda 2020 yil 24 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasi to'g'risida, shuningdek, Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport bashqarmasining 2020 yil 20 yanvardagi 20-sonli “Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi faoliyatini tartibga solish to'g'risida”gi buyrug'i ijrosini taminlashga qaratilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Tadbirda Toshkent shahridagi tumanlarning jismoniy tarbiya va sport bo'limlari, Oliy sport mahorati maktablari, Sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktablari hamda bolalar-o'smirlar sport maktablari masul xodimlari va rahbarlari ishtirok etdi.

Yuqoridagi masalalar bo'yicha Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Akromxo'ja SHadixodjaev, boshqarma boshlig'i o'rinbosari Doniyor Sultanovlar yig'ilish ishtirokchilariga tushuntirish berdi.

SHuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 oktyabrdagi “O'zbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF–4500-son hamda 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF–5887-sonli Farmonlari ijrosi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida tuman bo'limlari boshliqlari va sport talim muassasalari rahbarlari hisobot berishdi.

Tadbir davomida korrupciyaga qarshi kurashish bo'yicha yig'ilganlarga topshiriqlar berildi. SHu bilan birga, sport maktablarida o'quvchilarni kiyinish madaniyati to'g'risida “SHayx Zayniddin” jome masjidi imom- xatibi tadbir ishtirokchilariga tushuntirishlar berib o'tdi. Qolaversa, 2020 yilda amalga oshiriladigan ishlar to'g'risida topshiriqlar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing