So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

30 sen 17:32
Yangiliklar

Tadbirlar

Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining bayram tadbiridan FOTOREPORTAJ

1-oktyabr “O'qituvchi va murabbiylari kuni” munosabati bilan Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan bayram tadbiri o'tkazildi.

Ustoz, O'qituvchi, Muallim, Murabbiy. Bu so'zlarda qanchadan-qancha mano bor. Zero, esimizni tanigandan ilk onlaridan boshlab, ana shunday zotlar bizni qo'limizdan tutib kelmoqda. Abdulla Avloniy “Har bir millatning saodati, davlatning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog'liqdir” - degan. 

Demak, ustozlarning zimmasiga juda ham buyuk, masuliyatli vazifa yuklatilgan. Bu ham bo'lsa, kelajagi buyuk davlat uchun komil, har tomonlama etuk va barkamol, manan pok, vatanparvar insonlarni tarbiyalab chiqarish vazifasidir.

O'qituvchi va murabbiylik yuksak sabr va matonat talab qiladigan kasb. SHunday ekan, ularga qancha xizmat qilsak va ehtirom ko'rsatsak, shuncha kam.

Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan ushbu qutlug' sanaga bag'ishlab bayram tadbiri tashkil etildi. Marosimda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari SHarifjon Mo'minjonov, shuningdek, Respublika Oliy sporti mahorati maktablari direktorlari hamda vazirlik tizimidagi davlat sport-talim muassasalari rahbarlari, trener-o'qituvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda “O'qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan sport sohasida faoliyat yuritayotgan bir guruh ustozlar, trener-o'qituvchilarga O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishonlari, maxsus Faxriy yorliqlari hamda Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining Faxriy yorliqlari topshirildi.

Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing