So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

04 noy 14:45
Yangiliklar

Bolalar sporti

“Toshkent shahar spartakiadasi”ning ochilish marosimi o'tkazildi

Teglar :  Spartakiada
Poytaxtimizda sportning 18 turi bo'yicha “Toshkent shahar spartakiadasi” sport musobaqalari o'tkazilmoqda.

Mazkur musobaqa O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Toshkent shahrida hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o'z qobiliyat va istedodlarini ro'yobga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish, ular o'rtasida iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida, hamda poytaxt yoshlar terma jamoasini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Kecha, 3 noyabr kuni “Universal” sport saroyida ushbu sport musobaqasining tantanali ochilish marosimi o'tkazildi.

Spartakiadada 18 yoshgacha bo'lgan Toshkent shahrining tuman bosqichlaridan saralangan ikki ming nafardan ziyod sportchi badiiy gimnastika, basketbol, boks, badminton, voleybol, dzyudo, engil atletika, qo'l to'pi, stol tennisi, suzish, sport gimnastikasi, taekvondo WTF, karate WKF, kurash, qilichbozlik, shaxmat, yunon-rum va erkin kurash sport turlari bo'yicha raqobatlashmoqda.

“Toshkent shahar spartakiadasi”ning tantanali ochilish marosimidan so'ng, taekvondo WTF bo'yicha final janglari o'tkazildi.

Ushbu musobaqaning o'g'il bolalar o'rtasidagi bahslarda Ravshan Ikromov, Azimbek Rustamov, Mirsaid Ergashev, Jamol Yo'ldoshev shohsupaga ko'tarildi.

Qizlar o'rtasida Madinabonu Alimova birinchi, SHahzoda SHaripova ikkinchi, Xurshida To'raboeva hamda Madina Faxriddinova uchinchi pog'onadan joy oldi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing