01 dek 08:22
Yangiliklar
Sambo
Sambo: XXXIII Spartakiada g'oliblari aniqlandi
Poytaxtimizdagi “JAR” sport-sog'lomlashtirish markazida sambo bo'yicha huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o'rtasida XXXIII Spartakiada musobaqasi o'tkazildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni ijrosini taminlash maqsadida tashkil etilgan musobaqada 13 ta huquqni muhofaza qiluvchi organ jamoasining 100 nafardan ortiq sportchi-xodimlari o'zaro bellashdi.
SHiddatli kechgan bellashuvlar sarhisobiga ko'ra, umumjamoa hisobida Ichki ishlar vazirligi jamoasi 1-o'rinni qo'lga kiritdi. G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan tegishli darajadagi diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar