08 dek 16:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Toshkent shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi
Bugun, 8 dekabr kuni Toshkent shahrida boks bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi.
Musobaqada 350 nafar bokschi (erkaklar 286, ayollar 64) sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bormoqda.
Bugun soat 17:00da musobaqaning ochilish marosimi bo'lib o'tadi.
Qayd etish lozimki, O'zbekiston chempionatida ilk marotaba xorijdan 8 nafar neytral hakam faoliyat olib bormoqda.
Eslatib o'tamiz, bahslar Taekvondo WT associaciyasiga qarashli "Universal" sport saroyida o'tkazilmoqda
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar