So’nggi yangiliklar

17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0

02 jan 15:41
Yangiliklar

Tadbirlar

Toshkent viloyatida 2019 yil jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ishlar sarhisob qilindi FOTOGALEREYA

Zangiota tumanidagi madaniyat saroyida Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining 2019 yil yakunlari bo'yicha yil sarhisobiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Sport sohasi vakillari ishtirokidagi yig'ilishni viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Komiljon Adilov kirish so'zi bilan ochib, Toshkent viloyatida 2019 yil mobaynida jismoniy tarbiya va sport sohasida qo'lga kiritilgan yutuq va kamchiliklarni gapirib o'tdi. 

2020 yil Yaponiya poytaxti Tokio shahri mezbonlik qiladigan navbatdagi yozgi olimpiya o'yinlarida viloyat sportchilarining muvaffaqiyatli ishtirokini taminlash masalasiga alohida to'xtalar ekan, bu masalada jiddiy yondoshish kerakligi, xususan O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi tomonidan qo'yilgan vazifalarni sidqidildan bajarish lozimligini takidlab o'tdi. 

Yig'ilishda shuningdek, tuman va shaharlar sport bo'limi boshliqlari, jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi xodimlarining hisobatlari tinglandi. 

Yig'ilish so'nggida yil davomida faol bo'lgan sport bo'limlari, bolalar-o'smirlar sport maktablari, sport federaciyalari, 2019 yilda sport turlari bo'yicha yuqori natijalarga erishgan sportchilar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. 

SHu o'rinda takidlash joiz, 2020 yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo'lib o'tadigan XXXII yozgi olimpiya va XVI paralimpiya o'yinlarida ishtirok etish uchun Toshkent viloyatidan ayni paytga qadar etti nafar (4 nafar paralimpiyachi, 3 nafar olimpiadachi) sportchi yo'llanmani qo'lga kiritgan bo'lib, bu ko'rsatkichni yana ham yaxshilab, yo'llanmalar sonini o'ttizdan oshirish rejalashtirilgan. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing