So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

20 fev 16:52
Yangiliklar

Tadbirlar

Toshkent viloyatida sport bellashuvlari avjida

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida joylarda qator say-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan viloyatning shahar va tumanlaridagi sport maktablarida, jismoniy tarbiya va sport bo'limlarida, umumiy o'rta talim maktablarida beshta muhim tashabbusning ikkinchi tashabbusi ijrosi bo'yicha sport tadbirlari, bellashuvlari o'tkazilmoqda. 

Jumladan, 17 fevral kuni Qibray tumanidagi umumiy o'rta talim maktablarida futbol, shaxmat va “Quvnoq startlar” musobaqalari tashkil etildi. 200 nafarga yaqin o'g'il-qizlar ishtirok etgan ushbu musobaqada kuchli uchlikdan joy olgan o'quvchilar diplom va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

Zangiota tumanidagi 32-umumiy o'rta talim maktabida tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi va xalq talimi bo'limi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tassarufidagi BO'SM bilan hamkorlikda basketbol bo'yicha 7-9 sinf o'quvchilari o'rtasida basketbol bo'yicha tuman ochiq birinchiligi bo'lib o'tdi. Qiziqarli tarzda o'tgan musobaqaning yakunida g'olib jamoalar munosib taqdirlanishdi. 

SHuningdek, 13-19 fevral kunlari Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i sovrini uchun 2004 yilda tug'ilgan va undan kichik yoshdagi qizlar o'rtasida viloyat birinchiligi o'tkazildi. 

Voleybol sport turini yoshlar orasida ommaviyligini taminlash, iqtidorli sportchilarni saralash va viloyat terma jamoalarini shakllantirish maqsadida tashkillashtirilgan musobaqaning, dastlab, joylarda hududiy bosqichlari o'tkazilib, viloyat finaliga yo'llanma olgan jamoalar 19 fevral kuni Yuqorichirchiq tumanida o'zaro kuch sinashishdi. Yakunda ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi jamoasi g'oliblikni tantana qilishdi. Ikkinchi o'rinni Bekobod shahar jamoasi egallagan bo'lsa, uchinchi o'rin quyichirchiqlik qizlarga nasib etdi. 

Bugun, 20 fevral kuni esa Olmaliq shahrida viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda Olmaliq shahar jismoniy tarbiya va sport bo'limi, Olmaliq shahar bolalar-o'smirlar sport maktabi va viloyat boks federaciyasi hamkorligida boks bo'yicha 2004-2005 yilda tug'ilgan yoshlar o'rtasida musobaqa bo'lib o'tdi. Musobaqada Toshkent shahri,  Jizzax, Toshkent viloyatlaridan 150 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etib, bor mahoratlarini namoyish etishdi. 

Etiborlisi, musobaqaga boks bo'yicha xalqaro bellashuvlarning g'olib sportchilaridan Jahongir Rahmonov, V. SHin, Azizbek Ozodbekov, Abdumalik Xalakovlar tashrif buyurishdi. 

Takidlash joiz, joriy yilning 6-10 fevral kunlari boks bo'yicha Kolumbiya  davlatida o'tgan xalqaro musobaqada J. Rahmonov barcha raqiblarini engib, oltin medalga sazavor bo'lgan. A. Xalakov esa mazkur musobaqada bronza medalini qo'lga kiritib, shohsupadan joy olgan edi. 

Musobaqa doirasida ushbu bokschilar Toshkent viloyati hokimligi tomonidan tasis etilgan qimmatbaho sovg'alarga ega bo'lishdi. Sovg'alarni viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Komiljon Adilov topshirdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi      

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing