29 iyu 14:01
Yangiliklar
“Toshkent yozi-2016” boshlandi
Yildan yilga nufuzi oshib borayotgan musobaqa ikki guruhda o'tkazilyapti. A guruhida xalqaro reytingga ega bo'lgan 50 nafar istedodli sportchilar dona surmoqda. Ishtirokchilar orasida turli musobaqalarda yuqori natijalarga ega bo'lgan tajribali va yosh sportchilar Maqsad Sapaev, Inomjon SHoymurodov, Halim To'raev, Umida CHorshanbieva, Rayxona Doniyorova, Svetlana CHaykina kabilar bor.
B guruhida esa 14 yoshgacha bo'lgan 150 ga yaqin o'smir-qizlar o'zaro baxs olib bormoqdalar. Yangi yangi istedodlarni kashf etayotgan turnirda bu yil ham Toshkent shahri va deyarli barcha viloyatlardan qadimiy o'yinga mehr qo'yganlar g'oliblik uchun dona surmoqda. Poytaxtimizda tashkil etilgan turnir 9 turdan iborat bo'lib, reyting ochkosi berishi bilan ham ahamiyatlidir.
Fikrlar