10 mar 17:08
Yangiliklar
Dzyudo
Toshkentda 16 davlat dzyudochilari ishtirokida o'tgan xalqaro mashg'ulotlar yakunlandi FOTORPORTAJ
Poytaxtimizdagi "Universal" sport saroyida Toshkent "Katta Dubulg'a" turniri ishtirokchi davlat terma jamoalari o'rtasida o'tkazilgan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini o'z nihoyasiga etdi.
To'rt kun davomida sayyoramizning 5 qitasi 16 mamlakati (Jazoir, Gruziya, Germaniya, Greciya, Hindiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Xitoy, Portugaliya, Samoa, Senegal, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, AQSH, O'zbekiston)dan 200 nafardan ziyod dzyudochi kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlarda ishtirok etishdi.
Malumot uchun, Xalqaro dzyudo federaciyasi taqvimidan o'rin olgan navbatdagi turnir Gruziyada bo'lib o'tadi. 24-26 mart kunlari dunyo dzyudosi yulduzlari Tbilisi "Katta Dubulg'a" turnirida jam bo'lishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar