So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

03 iyu 16:12
Yangiliklar

Velosport

Toshkentda Butunjahon velosiped kuniga bag'ishlangan katta velomarafon o'tkazildi

Teglar :  Velosport
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 3 iyun – Butunjahon velosiped kuni deb belgilangan.

SHu munosabat bilan, O'zbekiston velosiped sporti Federaciyasi Turkmanistonning O'zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda velomarafon tashkil etayotganligi to'g'risida xabar bergandik.

Bugun ushbu sanaga bag'ishlangan bayram Toshkent shahridagi "Ashxobod" bog'ida o'tkazildi. Mazkur tadbir  yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, aholi o'rtasida velosportni ommaviylashtirishda katta ahamiyat kasb etadi.



Unda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari, chet el tashkilotlari xodimlari va havaskorlar ishtirok etishdi.

Qizg'in kechgan velopoyganing tantanali ochilish marosimida Turkmanistoning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob SHiri SHiriev so'zga chiqib, mazkur musobaqa mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro do'stlik rishtalarini mustahkamlashda, sport sohasida turizmni rivojlantirishda, velosiped sportini ommaviylashtirishda muhim o'rin tutishini takidlab o'tdi.

SHundan so'ng Birlashgan Millatlar Tashkiloti va BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekiston Respublikasidagi doimiy vakili Elena Freyzer so'z olib, O'zbekistonda sportga bo'lgan etiborning yuksakligi, bugungi tadbir ham katta bayram sifatida tashkillashtirilganligini takidladi. Velosipedning sog'liq, tabiat va jamiyat uchun qanchalik foydali ekanligi haqida gapirdi.

SHuningdek, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilov bugungi bayram bilan barchani tabrikladi.  Velosportni yurtimizda ommaviylashtirish borasida kerakli yordamni ko'rsatishga tayyor ekanligini takidladi.

So'ngra, sanat ustalari ishtirokida madaniy-musiqiy tadbir namoyish etildi. Velopoygada 400 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashib, 4,5 km masofani bosib o'tishdi.


O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing