28 may 15:30
Yangiliklar
Velosport
Toshkentda Butunjahon velosiped kuniga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tadi
Malumki, Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi tomonidan 3 iyun – Butunjahon velosiped kuni deb belgilangan.
SHu munosabat bilan, O'zbekiston velosiped sporti Federaciyasi Turkmanistonning O'zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda velotur tashkil etmoqda. «3 iyun Xalqaro velosiped kuni» sifatida nishonlanib, ushbu bayram ilk marta xalqaro miqyosda o'tkaziladi. Mazkur veloturda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari, elchixona, vakolatxonalar xodimlari va boshqalar ishtirok etishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, veloturga 3 iyun kuni Toshkent shahar, Taraqqiyot ko'chasida start beriladi. Ro'yxatga olish soat 7-00 dan 8-00 gacha davom etadi. Velopoyga esa soat 9-00da start oladi.
Qo'shimcha malumotlar uchun 237-47-44 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar