11 avg 19:02
Yangiliklar
Engil atletika

Toshkentda engil atletika bo'yicha bronza turkumidagi musobaqa o'tkaziladi
16-17 avgust kunlari poytaxtimizdagi engil atletika federaciyasi stadionida Silk Road to Tokyo WA Continental Tour Bronza xalqaro musobaqasi bo'lib o'tadi.
Turnirda dunyoning 15 ta mamlakatidan jami 250 nafarga yaqin professional sportchilar ishtirok etadi.
Bronza turkumidagi musobaqada jami 22 ta dasturda medallar o'ynaladi:
Erkaklar:
- 100 metr
- 1500 metr
- 110 metr to'siqlar osha
- 400 metr to'siqlar osha
- balandlikka sakrash
- uzunlikka sakrash
- uch xatlab sakrash
- bosqon uloqtirish
- nayza uloqtirish
- o'nkurash
Ayollar:
- 200 metr
- 400 metr
- 1500 metr
- 100 metr to'siqlar osha
- 400 metr to'siqlar osha
- balandlikka sakrash
- uzunlikka sakrash
- yadro itqitish
- bosqon uloqtirish
- ettikurash
- 4x400 metr estafetali yugurish
- 4x400 metr Aralash estafetali yugurish.
Havola :
Manba : t.me/uzathleticschannel
Fikrlar