28 may 14:10
Yangiliklar
Toshkentda jang qilayotganimdan xursandman, sababi... - Ahmadaliev
"O'zimni juda yaxshi his qilyapman. Bu jangga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Toshkentda jang qilayotganimdan juda xursandman. CHempionlik kamarimni birinchi marta Toshkentda himoya qilganman. Xudo xohlasa, muxlislar va butun xalqimizga chiroyli jang ko'rsataman. Bu jang men uchun juda muhim. CHunki men hali oxirgi jangimdan buyon ringga chiqmadim", deydi Ahmadaliev.
Avval xabar berganimizdek, Murodjon 29 may kuni "Humo arena"da bo'lib o'tadigan prof boks oqshomining markaziy jangida Venesuela vakili Egli Moskeda bilan jang qiladi.
Malumot uchun, Murodjon Ahmadaliev faoliyati davomida hozirgacha 16 ta jang o'tkazib, 14 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. 30 yashar Moskeda hisobida esa 27 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.
Fikrlar