So’nggi yangiliklar

21:20Хабиб Дана Уайтнинг 102 кг вазнга эга экани ҳақидаги баёнотига жавоб қайтарди 0 20:56Рамазон Темиров: "Дуо қилиб туринглар!" + ФОТО 0 20:24"Вазни 102 кг". Дана Уайт Хабибнинг UFC`га қайтиши эҳтимоли ҳақида 0 19:53Ҳакамликдаги инқироз ва ечим: бизга “тийиб туриш” механизми керак! 0 19:27Махачев — Йен Гэрри жанги статистикаси: зарбалар ва аниқлик фоизи, Мачадо 11 та кўпроқ зарба йўллабди 0 18:54Махачев Гэрри билан жангнинг бешинчи раунди олдидан Хабиб унга нима деганини ошкор қилди 0 18:26Бу қизиқ! Дана Уайт бугун Ислам Махачевнинг мағлубиятини кутган экан 0 18:00Судзукининг ПСЖга трансфери барбод бўлиши сабаби маълум 0 17:28Махачев навбатдаги чемпионлик ҳимояси учун рақиб ва муддатни маълум қилди 0 16:49ММА ҳамжамиятининг Ислам Махачев - Йен Гэрри жангига муносабати 0 16:22Магнус Карлсен чемпион бўлган EWC 2026 турнирида Нодирбек нечанчи ўринни эгаллади ва қанча мукофот пулини қўлга киритди? 0 15:55"Ал Ҳилол" навбатдаги ТОП трансфер бўйича келишувга эришди 0 15:21UFC 330 турнирининг бонус соҳиблари маълум. Ислам рўйхатда борми? 0 14:52Ислам Махачев битта кўрсаткич бўйича Хабиб Нурмагомедовга етиб олди 0 14:15Тахмина Икромова халқа, қизларимиз эса гуруҳ машқининг финалида иштирок этади 0

10 mar 18:53
Yangiliklar

Boshqalar

Toshkentda kriket bo'yicha trenerlar tayyorlashning ikkinchi bosqich o'quv-seminari o'tkazilyapti + FOTO

Ommaviyligi jihatdan futboldan keyin ikkinchi o'rinda turuvchi va bugungi kunga kelib jahonning 4 milliarddan ortiq aholisining sevimli sport turiga aylangan kriket mamlakatimizda ham ommalashmoqda.

O'zbekiston kriket federaciyasi 2019 yilda tashkil etilgan. Faoliyatiga hali uncha ko'p bo'lmagan kriket federaciyasi tomonidan hozirgacha 6 ta 13 yoshgacha, 4 ta 19 yoshgacha, 4 ta kattalardan iborat hamda 1 ta xotin-qizlar jamoalari tashkil  etilgan.  

Bundan tashqari, O'zbekistonda istiqomat qilib, turli sohalarda mehnat qilayotgan chet ellik mutaxassislardan iborat 2 ta jamoa ham shakllangan. Mamlakatimizning Toshkent shahri, Qashqadaryo, Farg'ona, Samarqand, Toshkent, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm singari viloyatlarida ham jamoalar mavjud. 

O'tgan davr mobaynida yig'ilgan jamoalar o'rtasida kriket bo'yicha musobaqalar rejaga ko'ra o'tkazilmoqda. Bundan tashqari O'KF tomonidan ayni paytda kriket bo'yicha erkaklar va ayollardan iborat terma jamolar shakllantirilib, 2023 yilning 23 sentyabr - 8 oktyabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida o'tkaziladigan yozgi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan.

Yana bir quvonarli jihat, o'tgan yilning 26 iyul kuni Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida Xalqaro Kriket Kengashi (ICC)ning navbatdagi kongressi bo'lib o'tdi. Mazkur kongressda kriket bo'yicha bajarilayotgan ishlar sarhisob qilindi. 

Kongress reglamentiga muvofiq, kriket rivojlanayotgan mamlakatlarning ICC ga azolik masalalari ham muhokama qilindi. Ushbu kongressda O'zbekiston kriket federaciyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokamaga qo'yildi va bir ovozdan xalqaro kriket kengashining azoligiga 106-davlat sifatida qabul qilindi. 

SHundan so'ng O'KF ning rivojlanishi yangi bosqichga ko'tarildi. Xususan, O'zbekiston Kriket federaciyasi kriket bo'yicha ikki bosqichli murabbiylarni (Level-1 Criket Coaching ) tayyorlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan hamkorlikda 2022 yilning oktyabr-noyabr oylarida viloyatlarda jismoniy tarbiya o'qituvchilari, sport maktablari murabbiylarini jalb qilgan holda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazishdi. 

Ushbu ikki bosqichli  o'quv-seminar ishtirokchilariga Xalqaro kriket kengashi (ICC) tomonidan yuborilgan pokistonlik kriket bo'yicha oliy toifali trener Tohir Muhammad  ustozlik qildi.

Bugundan Xalqaro kriket kengashi (ICC) tomonidan O'zbekistonda Level-I halqaro kriket murabbiyligiga o'qitish kursining ikkinchi bosqichi o'tkazilmoqda. Mazkur o'quv-kursini oliy toifali instruktor, ICC ning Osiyo mamlakatlarida kriket sport turini rivojlantirish bo'limi boshlig'i, janob Iqbol Skander (BAA) olib bormoqda.  

Seminar ishtirochilari uch kunlik o'quv-mashg'ulotlarni yakunlagach, ICC vakiliga imtihon topshirishadi va imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan tinglovchilar Xalqaro Kriket Kengashining birinchi bosqichli xalqaro  kriket murrabbiysi sertifikatiga ega bo'lishadi. 

Muhim jihati, birinchi bosqich xalqaro kriket murabbiylik sertifikatini qo'lga kiritgan trenerlar nafaqat mamlakatimizda balki xorijiy davlatlarda ham kriket bo'yicha trener bo'lib ishlash imkoniyatiga ega bo'lishadi. 

O'quv-seminar 13 martga qadar davom etadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing