07 avg 12:39
Yangiliklar
Og'ir atletika
Toshkentda og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionati boshlandi
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da o'smirlar va yoshlar o'rtasida og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionatiga start berildi.
Musobaqalar dasturiga ko'ra, kunning ilk bahslari yigitlar o'rtasidagi -60 kg va -65 kg vazn toifalarining “C” guruhi ishtirokchilari o'rtasida tashkil etilmoqda.
Soat 12:00da qizlar o'rtasidagi -45 kg vazn toifasining “A” guruhi sportchilari medallar uchun bahslarga kirishdi. Mazkur vazn toifasida O'zbekiston sharafini Soliha Bahodirova himoya qilmoqda.
SHundan so'ng, soat 17:00dan etiboran yigitlar o'rtasidagi -55 kg vazn toifasining “A” guruhi bahslari boshlanadi. Ushbu vazn toifasida hamyurtimiz Bahodir Bekpo'latov medallar uchun kurash olib boradi.
Musobaqalarni O'zbekiston og'ir atletika federaciyasining YouTube'dagi rasmiy sahifasi orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Havola :
Manba : t.me/weightlifting_fed
Fikrlar