17 iyu 21:46
Yangiliklar
Toshkentda og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionati boshlandi. Ochilish marosimidan FOTOREPORTAJ
Bugun “Yunusobod" sport majmuasida og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada qitamizning 21 mamlakatidan tashrif buyurgan 300 nafarga yaqin yosh og'ir atletika yulduzlari g'oliblik uchun bahs olib borishadi.
Marosimda O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, Xalqaro og'ir atletika federaciyasi prezidenti Muhammad Jalud, Osiyo og'ir atletika federaciyasi prezidenti Muhammad Yusuf Al Managa ishtirok etib, mamlakatimizda ushbu sport yil sayin katta suratlar bilan rivojlanib borayotgani, bu borada davlatimizning sportni har tomonlama qo'llab-quvvatlayotganini alohida takidlashdi.
Eslatib o'tamiz, ushbu qita birinchiligi 25 iyulga qadar davom etadi. Fursatdan foydalanib, unda ishtirok etadigan barcha yurtdoshlarimizga chempionlik shohsupaga ko'tarilishlarini tilab qolamiz.
Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Fikrlar