So’nggi yangiliklar

11:29Макс Холлоуэй Ислам Махачевга қарши чемпионлик жанги учун тайёр! 0 11:01Мареска "Сити"нинг 18 йиллик рекордини янгилади 0 10:37Нурмагомедов UFC`даги икки асосий мақсадини маълум қилди 0 10:13Бугун Полина Кудерметова US Open 2026 турниридаги иштирокини бошлайди 0 09:44Расман! Рақамланган UFC 334 ва UFC 335 турнирлари тасдиқланди 0 09:18Ҳусанов "Борнмут"га қарши ўйинда неча баллга лойиқ кўрилди? 0 08:52UFC Fight Night 285 турнири жангчиларининг гонорарлари маълум - энг кўпи "Рицар"да! 0 08:28PFL турнирининг барча натижалари: "Киборг" Виейрага қарши, Рабаданов Ридерни нокаутга учратди 0 08:04Ўзбекистон — аралаш жамоавий баҳсларда Жаҳон чемпионати совриндори! 0 07:37Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Эльче"ни тор-мор этди 0 07:11Monterrey Open. "Ўзбекча финал"да бироз кутилмаган натижа қайд этилди 0 06:39Ўнта финиш қайд этилган UFC Fight Night 285 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0 20:20Монтеррейда ўзбек теннис дербисига гувоҳ бўламиз! 0 20:01АПЛ. "Манчестер Сити" мавсумни иродали ғалаба билан бошлади, Ҳусанов тўлиқ ўйнади 0 19:18Сехудо Двалишвилидан устун келди. RAF 12 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0

14 apr 17:17
Yangiliklar

Sambo

Toshkentda Osiyo-Okeaniya sambo uyushmasining Kongressi bo'lib o'tdi

Alamjon Mullaev tashkilot prezidenti sifatida faoliyatini davom ettiradi, Alisher Alimov esa vice-prezident etib saylandi.

Bugun, 14 aprel kuni Toshkent shahrida Osiyo-Okeaniya uyushmasining navbatdagi Kongressi bo'lib o'tdi.

Mazkur Kongressda tashkilot prezidenti Alamjon Mullaev, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston sambo associaciyasi raisi Alisher Alimov, Xalqaro sambo federaciyasi rasmiylari, Osiyo-Okeaniya sambo uyushmasiga azo mamlakatlar delegatlari ishtirok etishdi.

Kongress davomida bir qator tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi. SHu jumladan, tashkilotga yangi prezident saylash masalasi ham kun tartibidan o'rin olgandi.

Unga ko'ra, hamyurtimiz Alamjon To'xtasinovich Mullaev bir ovozdan yangi muddatga tashkilot prezidenti etib saylandi. SHuningdek, Suresh Gopi bosh kotib lavozimidagi faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi.

O'zbekiston sambo associaciyasi raisi Alisher Rixsivaevich Alimov tashkilotning Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha vice-prezidenti lavozimiga saylandi.

Kongress davomida shuningdek tashkilotning boshqa masul lavozimlari uchun ham saylovlar bo'lib o'tdi. Bir qator tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing