09 apr 18:50
Yangiliklar
Gandbol

Toshkentda o'tadigan gandbol bo'yicha Osiyo chempionati ishtirokchilari malum bo'ldi
Bu haqda O'zbekiston gandbol federaciyasi axborot xizmati xabar bermoqda.
"Joriy yilning 20-29 avgust kunlari Toshkent shahrida U-20 qizlar jamoalari o'rtasida XVIII-Osiyo chempionati tashkil etiladi. Mazkur musobaqada 10 ta jamoa qita chempionligi uchun o'zaro bahs yuritadi. Hozircha, bu ro'yxatdan O'zbekistan, Eron, Janubiy Koreya, Qozog'iston, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Xitoy Taypeyi, Gonkong va Qirg'izston terma jamoalari o'rin olgan. O'zgarishlar haqida qo'shimcha malumotlar berib boriladi.
SHu o'rinda aytish lozim, Osiyo chempionati yakuni bo'yicha eng kuchli to'rt jamoa 2026 yili bo'lib o'tadigan XXV-jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi", deyiladi xabarda.
Havola :
Manba : t.me/uzhandballfederation
Fikrlar