23 jan 08:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Toshkentda o'tkaziladigan qo'lqopsiz janglar bo'yicha PRIME FC turnirining to'liq kardi elon qilindi + POSTER
30 yanvar kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena" inshootida qo'lqopsiz janglar bo'yicha PRIME FC turniri o'tkaziladi.
Oqshomning markaziy jangida o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Bobur Qurbonov chiqish qiladi. Unga o'sha kuni rossiyalik sobiq UFC jangchisi Denis Tyulyulin raqib bo'ladi.
Aslida, Qurbonov — Tyulyulin bellashuvi 2025 yilning 31 oktyabr kuni Moskvadagi IBA Bare Knuckle turnirida tashkil etilishi kerak edi. Ammo malum sabablarga ko'ra jang bekor qilingandi.
Bundan tashqari, turnir doirasida taniqli MMAchilarimiz — Bobur Abdulazizov, Humoyun To'xtamurodov ham o'z janglarini o'tkazishadi.
Musobaqa to'liq kardi quyidagicha:

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar