11 apr 12:58
Yangiliklar

Toshkentda sambo bo'yicha Osiyo-Okeaniya chempionati start olmoqda
SHu kunlari poytaxtimiz Toshkent shahrida sambo bo'yicha Osiyo-Okeaniya chempionati o'tkaziladi. Bellashuvlar "O'zbekiston" ("Yunusobod") sport majmuasida tashkil etiladi.
Bahslarda Osiyo va Okeaniya mintaqasining 25 ga yaqin mamlakatidan 600 nafardan ortiq sambochi ishtirok etishi kutilmoqda.
Musobaqa quyidagi yo'nalishlarda tashkil etiladi:
-Kattalar o'rtasida sambo va jangovar sambo (erkaklar va ayollar)
-Yoshlar o'rtasida sambo va jangovar sambo (yigitlar va qizlar)
-O'smirlar va kadetlar o'rtasida sambo (yigitlar va qizlar)
-Ko'zi ojizlar va zaif ko'ruvchilar o'rtasida sambo
-Sport ustalari (faxriylar) o'rtasida sambo
Bellashuvlar 14 aprel kuni soat 9:00da start oladi.
14 aprel kuni soat 13:00da "Inspira" mehmonxonasida Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqining Kongressi tashkil etiladi. Unda bir qator muhim tashkiliy masalalar ko'rib chiqilishi kutilmoqda.
Musobaqaning ochilish marosimi 15 aprel kuni soat 16:00da boshlanadi.
Fikrlar