So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

07 noy 07:51
Yangiliklar

Tadbirlar

Toshkentda sport tibbiyoti muammo va istiqbollariga bag'ishlangan konferenciya o'tkaziladi

SHu yilning 8-9 noyabr kunlari Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi City Palace Hotel mehmonxonasida “Sport tibbiyotining dolzarb muammo va rivojlanish istiqbollari” Xalqaro ilmiy-amaliy konferenciya bo'lib o'tadi.

Milliy Olimpiya qo'mitasi bilan hamkorlikda o'tkazilayotgan anjumanda nafaqat mamlakatimizda shu sohada faoliyat yuritayotgan shifokorlar, balki Turkiya, Rossiya hamda MDH davlatlari sport tibbiyoti mutaxassislari ham ishtirok etadi. 

Takidlash kerakki, davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, u orqali sportchilarimizning Osiyo va jahon miqyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni taminlash, jumladan, sport tibbiyotining ilg'or yutuqlarini o'rganib, amaliyotga tatbiq etish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Anjumanni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad - sport tibbiyotidagi yutuq va muammolar, musobaqalar jarayonida sportchilarning jarohat olmasligini taminlashda tibbiyot xodimlari rolini oshirish, bo'g'imlar shikastlanishini oldini olish, davolash va tibbiy tiklash muammolari, sport tibbiyotida realibitaciya va fizioterapiyaning o'rni kabi mavzularga etibor qaratiladi. 

Konferenciya ishida mavzular yuzasidan etakchi sport tibbiyoti shifokorlari o'z maruzalari bilan chiqish qiladi. Konferenciyaning birinchi kuni, yani 8 noyabr Toshkenda o'tkazilsa, konferenciyaning qolgan qismi 9 noyabrda Samarqand shahrida davom etadi. 

Ilk bor o'tkazilayotgan ushbu konferenciya mamlakatimizda sport tibbiyotini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing