So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

08 noy 13:48
Yangiliklar

Tadbirlar

Toshkentda sport tibbiyotiga bag'ishlangan katta xalqaro konferenciya boshlandi

Teglar :  Sport tibbiyoti
Xabar berib o'tganimizdek, 8-9 noyabr kunlari Toshkent shahri "Sport tibbiyotining dolzarb muammo va rivojlanish istiqbollari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferenciyaga mezbonlik qilmoqda.

Bugun ana shu yirik xalqaro konferenaciya o'z ishini boshladi. Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashabbusi bilan, Milliy Olimpiya qo'mitasi ko'magida tashkil etilayotgan ushbu tadbir poytaxtimizdagi "City Palace" mehmonxonasida o'tkazilmoqda.

Tadbirni Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi rahbari Abdushukur Sodiqov ochib berdi. So'ngra O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov so'zga chiqdi va O'zbekistonda sport tibbiyotining rivojlanishida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining o'rni beqiyos ekanligi, mazkur konferenciya o'zaro fikr almashish, tajriba orttirish yo'lida o'ziga hos axborot maydoni bo'lishini takidlab o'tdi. Toshkent davlat stomotologiya universiteti rektori Jasur Rizaev ham sport tibbiyoti rivoji yo'lida bir qator muhim ishlar amalga oshirilayotganini aytib o'tdi.

So'ngra tadbirning martabali mehmonlari tomonidan maruzalar boshlandi. Avvaliga markaz direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Abdushukur Sodiqov "O'zbekistonda sport tibbiyotining kecha va buguni" mavzusida chiqish qildi. So'ngra Rossiyadan tashrif buyurgan taniqli akademik, MDH va Boltiqbo'yi davlatlari sport tibbiyoti vrachlari associaciyasi prezidenti Boris Polyaev Rossiya sport tibbiyotining hozirgi zamon yutuqlari haqida gapirib berdi. Yaponiyalik olim, 2020 yilgi Tokio Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari tashkiliy hayyat azosi Ishida Xiroyukining "Sportda to'satdan o'limni oldini olish strategiyasi" mavzusidagi maruzasi yig'ilganlarda katta qiziqishga sabab bo'ldi.

Konferenciya davomida yana bir qator muhim mavzulardagi chiqishlar, master-klasslar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing