16 okt 09:05
Yangiliklar
Toshkentda to'rt nafar jahon tojdorlari xisob-kitob qilishadi
Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 680-yilligiga bag'ishlab o'tkazilayotgan ushbu super turnirda dunyo tan olgan to'rt nafar grossmeyster ishtirok etadi. Ularning barchasi o'z vaqtida jahon tojini kiygani musobaqaning murosasiz kechishini taminlashi aniq.
Ozarbayjonlik SHaxriyar Mamadiyarov 2013 yili blic yo'nalishida jahon chempioni bo'lgan. Isroillik Boris Gelfand 2009 yilda Jahon Kubogi sohibiga aylangan. Ukrainalik Ruslan Ponomarev 2002-2003 yillarda jahon chempionligiga erishgan. Hamyurtimiz Rustam Qosimjonov esa 17-jahon chempioni xisoblanadi.
Bugun shaxmatchilar ishtirokida matbuot anjumani hamda yosh shaxmatchilar uchun mahorat saboqlari tashkil etiladi. Ertaga esa grossmeysterlar qadim va hamisha navqiron Samarqand shahriga tashrif buyurishadi. U erda yosh shaxmatchilarga mahorat saboqlarini tashkil etish ham rejalashtirilgan. Musobaqaning o'zi esa 18 oktyabr kuni start oladi.
Fikrlar