So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

04 may 14:48
Yangiliklar

Velosport

Toshkentda "Velosiped sporti faxriylari" velomarafoni o'tkazildi

Teglar :  Velosport
Bugun O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi "Paxtakor" stadionida Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan "Velosiped sporti faxriylari" velomarafoni tashkil qilindi.

Musobaqani o'tkazilishidan asosiy maqsad keksa avlod vakillarini ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish, sport faxriylari misolida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, velosiped sporti turini ommalashtirish, kundalik hayotda velosipeddan foydalanish orqali jismoniy chiniqish va ekologiyani asrashdan iboratdir.5 km masofaga o'tkazilgan velopoygada musobaqa qizg'in kechdi. 50 yoshdan 64 yoshgacha bo'lgan ishtirokchilar o'rtasida Rustam Gubaev birinchi o'rinni egalladi. Mirali Xayrullaev ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, uchinchi pog'ona Ilxom Abdullaevga nasib qildi.

65 yoshdan yuqori bo'lgan ishtirokchilar o'rtasidagi bellashuvlarda esa  birinchi o'rinni Viktor Klimenkov qo'lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlardan mos ravishda Boris Popov va Aleksandr Ordinlar joy olishdi.

Barcha ishtirokchilarga O'zbekiston velosiped sporti Federaciyasi tomonidan sovg'alar tarqatildi. G'oliblarga esa diplom va qimmatbaho sovg'alar taqdim etildi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing