So’nggi yangiliklar

19:30Рамазон Темиров янгиланган UFC рейтингига муносабат билдирди (ФОТО) 0 18:42Энтони Жошуа нима сабабдан Усикнинг машғулот лагеридан кетганини тушунтирди 0 18:14"Барселона" ва "Реал" ярашув битимига эриша олмади 0 17:45Ислам Махачев қачондан кейинги жангига тайёргарликни бошлашини айтди 0 17:22Тошкентдаги проф бокс оқшоми учун яна бир жанг эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 16:54Таэквондо WТ терма жамоамиз World Taekwondo Final Гран-присида тўлиқ таркиб билан иштирок этади 0 16:17Гвардиола нима учун Италия терма жамоасини бошқаришдан бош тортгани ҳақида гапирди 0 15:41Гукеш Жавоҳир Синдаров билан илк партия ҳақида фикр билдирди 0 14:52Сенсацион мағлубиятидан кейин Гейбл Стивсоннинг UFC'даги навбатдаги жанги эълон қилинди 0 14:01Жавоҳир Синдаров Гукеш билан илк партиядан сўнг нималар деди? 0 13:15ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Баҳрайн жамоасини меҳмон қилади 0 12:42Никита Белозерцев Анқарадаги Челленжерда нимчорак финалга йўл олди 0 11:31Царукян RAF лигасида Махачев ва Нурмагомедов билан курашмоқчи 0 10:24«Исламни ММАдан кетишга мажбур қиламан». Карлос Пратес Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида 0 09:36ЕЧЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, "Ман Сити"да дуранг ва бошқа натижалар 0

05 may 14:30
Yangiliklar

Tadbirlar

Toshkentdagi "Eko Bog'"da "Sport sayli" o'tkazilmoqda

Teglar :  Sport sayliEko Bog'
Bugun Toshkent shahridagi Markaziy Eko bog'da O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan Sport sayli tadbiri bo'lib o'tmoqda.

Ushbu sport bayramida Toshkent shahridagi barcha bolalar-o'smirlar sport maktablari tarbiyalanuvchilari, shahar, Respublika va xalqaro musobaqa g'oliblari ishtirokida sport chiqishlari, boshqacha qilib aytganda «Master klass»lar namoyish etilmoqda.

Tadbir davomida psixologlar guruxi tomonidan turli testlar, sport federaciyalari tomonidan qiziqarli sport o'yinlari ham tashkil qilingan. Unda o'zbek sporti yulduzlari va sport faxriylari yoshlar bilan jonli muloqot olib borishmoqda. Tadbir orqali yoshlarni BO'SMlarga jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun suzish havzalariga mavsumiy imtiyozli yo'llanmalar taqdim etish masalalari ham ko'rib chiqilmoqda.

Ahamiyatlisi, tadbirga ichki nazoratga olingan o'quvchilar, mahallalarda istiqomat qilayotgan uyushmagan yoshlar, jumladan, g'ayri-ijtimoiy muhit, jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyilligi bo'lgan yoshlar ham taklif qilingan.

Mazkur sport bayrami bugun 17:00gacha davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing