So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

15 noy 18:32
Yangiliklar

Velosport

Toshkentdagi velotrek qayta rekonstrukciya qilindi, velosportchimizga esa 100 million so'm topshirildi

Teglar :  Velosport
Bugun poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan Respublika velotrek o'quv-mashq markazida ushbu sport turi bo'yicha erkaklar hamda ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionatiga start berildi.

SHuni alohida takidlash kerak, mazkur musobaqa mamlakat terma jamoasi azolari endilikda muhim xalqaro musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko'rishi uchun xalqaro talablar darajasida qayta rekonstrukciya qilingan o'quv-mashg'ulot bazasida o'tkazilmoqda.

Ushbu markaz 1982 yilda qurilgan bo'lib, muhtaram yurtboshimizning joriy yil 4 sentyabr kuni bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida kelgusi yil Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini munosib tayyorlash hamda respublikamizda har bitta sport yo'nalishi bo'yicha sport bazalarini tashkil etish yuzasidan berilgan topshiriqlari ijrosini taminlash doirasida qayta rekonstrukciya qilindi.

Bugun ushbu markazning tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi prezidenti Tanzila Narbaeva, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabduraxmonov, Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O'zbekistondagi koordinatori janob Jon MakGregor, Buyuk Britaniyaning Vestminster universiteti vice-kancleri hamda prezidenti, velosport bo'yicha jahon chempionati g'olibi janob Piter Bonfild, keng sport jamoatchiligi va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Dastavval faxriy mehmonlar ramziy tasmani qirqib, xalqaro talablar darajasida qayta rekonstrukciya qilingan Respublika velotrek o'quv-mashq markazini ochib berishdi. SHundan so'ng O'zbekiston velosiped sporti federaciyasining rahbari mehmonlarni bu erda yaratilgan sharoit va qulayliklar bilan birma-bir tanishtirdi. Zamonaviy yotoqxonalar, oshxona, trenajyor zali va eng muhimi, xalqaro talablar darajasidagi velotrek yo'laklari xorijlik mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi. Ular mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasiga hukumatimiz darajasida berilayotgan etiborni yuqori baholadi. SHuningdek, faxriy mehmonlar tomonidan bu erda daraxt ekildiki, bu ham milliy qadriyatlarimiz namoyishidir.

- Bunday majmua poytaxtdan tashqari Namangan viloyatida ham barpo etilgan. Yaqin orada Samarqand viloyatida ham zamonaviy velotrek o'quv-mashg'ulotlar markazini qurish ishlari boshlanadi. Umuman, biz kelgusida barcha viloyatlarimizda mana shunday majmualarni barpo etish hamda yurtimizdan ko'plab Osiyo va jahon chempionati g'oliblari, Olimpiya o'yinlari chempionlarini etishtirib chiqarmoqchimiz. Bizda istedodlar etarli, faqat ularga avvalo sharoit va imkoniyatlarni yaratib berishimiz lozim, - dedi O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi prezidenti Tanzila Narbaeva.

SHu erning o'zida velosport bo'yicha Tokio-2020 olimpiadasiga ikkinchi licenziyani qo'lga kiritgan mamlakatimiz sporti faxri Murod Xolmurodovga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 100 million so'm, uning treneri Rustam Nuritdinovga 50 million so'm miqdorida pul mukofotlari tantanali topshirildi.

SHuningdek, tadbir doirasida velotrek bo'yicha O'zbekiston chempionati g'olib va sovrindorlari ham taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing