31 dek 07:44
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari
Toshkentdan olingan Yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlarining yangi sanalari va dasturi elon qilindi
Aslida mazkur musobaqa 2025 yil sentyabr oyida Toshkentda o'tkazilishi kerak edi.
Aslida, mazkur musobaqa 2025 yil sentyabr oyida Toshkentda o'tkazilishi kerak edi, biroq sport majmualarining musobaqa davriga qadar tayyor bo'lishi ehtimoli pastligi tufayli O'zbekiston MOQ turnir mezbonligini topshirgandi.
Osiyo Olimpiya kengashining malum qilishicha, yoshlar o'rtasidagi 3-Osiyo o'yinlari 2025 yilning 22-31 oktyabr kunlari oralig'ida Bahrayn poytaxti Manama shahrida o'tkaziladi.
Bahrayndagi musobaqa dasturidan quyidagi sport turlari o'rin oladi:
Engil atletika
Badminton
Basketbol 3x3
Ot sporti
Kibersport
Futzal
Golf
Gandbol
Dzyudo
Jiu-jitsu
Aralash jang sanati turlari
Veloshosse
Suzish
Stol tennisi
Taekvondo WT
Triatlon
Sport kurashlari
Og'ir atletika
Kabaddi
Voleybol
Tekbol.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar