22 may 14:26
Yangiliklar
Trilogiya muqarrar. Fyuri - Joshua jangi bekor qilinadi? Jangni buzmaslik uchun 20 million dollar taklif qilindi, biroq…
Tayson bilan kurash faqat ringda emas, balki…
Tomonlar ikkita bahs uchun shartnoma imzolashdi va birinchisi 14 avgustda Saudiya Arabistonida o'tkazilishi malum qilindi.
Jang rasman elon qilinadigan paytda jahonning sobiq chempioni Deontey Uaylder paydo bo'ldi. U ringda Taysondan mag'lub bo'lgan edi, endi barchasini sud qarori bilan hal qilishga harakat qilyapti.
Muammolarni hal qilishning turli variantlari ko'rib chiqilyapti, ammo Uaylderni tinchlantirish uchun aqlbovar qilmas darajada pul to'lash orqali erishish ham mumkin.
Fyuri o'tgan yili Uaylder bilan jang qilishi kerak edi, ammo Deontey hamma narsani o'zi buzdi: u Taysonni yolg'onchilikda aybladi va mag'lubiyatini har tomonlama oqlashni boshladi
Hakam Daniel Vaynshetyn og'ir vazn toifasidagi WBC chempioni Tayson Fyurini uchinchi marta Deontey Uaylderga qarshi jang o'tkazishini buyurgani haqidagi xabar barchani xafa qildi. Fyuri-Joshua bahsining birinchi jangiga tayyorgarlik ko'rib bo'lingan edi.
2020 yil fevralda Fyuri Uaylderni revanshda mag'lub qildi, uni ettinchi raundda nokautga uchratdi va jang paytida amerikalik ikki marta nokdaun holatiga tushib qoldi.
Eng qizig'i, uchinchi jang revanshdan oldin malum bo'lgan. Bokschilar yil oxiriga qadar jang qilishlari kerak edi.
Fyuri uchinchi jangga rozi bo'ldi, ammo Deontey hammasini o'zi buzdi
Uaylder “Menda hammasi joyida. Bazan shunaqa bo'lib turadi. Bugun yaxshi bokschi g'alaba qozondi. Men kurashni davom ettirishga tayyor edim, biroq tomonimdagilar buni istashmadi. Jang oldidan muammolar bor edi, endi gapirgan foydasiz. Hech qanday bahona bo'lishi mumkin emas. Men shunchaki jamoamdagilar jangni davom ettirishimga imkon berishini istagan edim, xolos. Men jangchiman. Raqibim ajoyib kurashdi, ammo men yanada kuchli bo'lib qaytaman”, - degan edi.
Biroq tez orada Deontey hammani ayblay boshladi. Birinchi murabbiyidan boshladi, faoliyatining boshidan Mark Briland u bilan ishlagan, aslida Uaylder katta muammolardan xalos qilgani uchun unga minnatdorchilik bildirishi kerak edi:
“Taslim bo'lgandan ko'ra o'lganim yaxshi. Mark buni bilardi. Bunga mening munosabatim qandayligi malum edi. Bu haqida ko'p yillar davomida gapirganman. Mark bilan ishlashda davom etamanmi? Biz hali qaror qabul qilmadik. Men Afrikaga borishga tayyorman. Afrikadan uyga kelishim bilan jamoaviy qaror qabul qilamiz. Qarorimiz qanday bo'lishidan qatiy nazar, men Markni hurmat qilaman. Butun jamoa Markni yaxshi ko'radi. U boshidanoq men bilan birga edi”.
Oktyabr oyiga kelib esa, uni jahon chempioni qilganiga qaramay Brilandni ishdan bo'shatdi. Keyin amerikalik kutilmaganda mag'lubiyatiga kiyimi sabab bo'lganligini aytdi:
“Formam men uchun juda og'irlik qildi. Jang boshidanoq kiyimim tufayli oyoqlarim ko'rinmas edi. Uchinchi raundga kelib oyoqlarim juda toliqdi. Ammo men jangchiman, odamlar jangchi ekanimni bilishadi. Ko'pchilik “Senda nimadir noto'g'ri bo'lganga o'xshaydi”, deyishdi. Ular haq edi, ammo ringda ekanligingda buni ko'rsata olmaysan. Qo'limdan kelgancha kurashishga harakat qildim. Formam tufayli oyoqlarim yo'qligini bilar edim”.
Biroq Uaylderning asosiy xatosi mag'lubiyatida ko'pchilikni… hattoki Fyurini ham ayblagani bo'ldi.
“Jangdan 15 daqiqa oldin qizib olish uchun biroz mashq qildim. O'zimni juda yaxshi his qilar edim. Bu ringga chiqqunimgacha bo'lgan. Tanamdagi suyuqlik miqdorini saqlash uchun suv ichdim. SHundan so'ng hammasi boshlandi. O'zimni g'alati his qila boshladim. Suvimga nimadir aralashtirilgan edi. Mushaklarni bo'shatuvchi yoki shunga o'xshash narsa qabul qilganday bo'ldim. Jang sening foydangga hal bo'lmagandan keyin, har doim nima bo'lgani haqida o'ylay boshlaysan. Bazi narsalar hamda muhit boshqacha ko'rina boshladi. Nimadir o'zgargandek tuyila boshladi.
Ayb faqat kostyumda emas, suvimga ham nimadir solingan edi. O'zimni nazorat qila olmayotgandek va oyoqlarim kuchsizlanib borayotgandek edi”, - deb aytgandi Deontey.
Uaylderning bu fikrlariga Fyuri qarab tura olmadi va uchinchi jang bo'lmasligini malum qildi:
“Men u bilan 27 iyunda jang qilishim kerak edi, ammo jarohatlanganini aytdi. 18 oktyabrda jamoasi bahs uchun yaxshiroq joy topmoqchi bo'lganligi sababli jang bekor qilindi. 5, 12, 19 dekabr… Ular taklif qilgan barcha sanalarga rozi bo'ldim. Biroq abadiy kuta olmayman. Faoliyatimda davom etishim kerak. Butun umrimni uning shartnoma imzolashi uchun kutishga sarflay olmayman.
Bilasanmi Uaylder, yo'qol! Sening bu gaplaringdan keyin hech qanday jang bo'lmaydi. Tuhmating sabab 100 million dollar uchun sudga berishim mumkin edi. Xullas, daf bo'l! Birinchi jangda hakam unga qarshi chiqdi, ikkinchi jangdan so'ng qo'lqopni aybladi, keyinchalik uning suviga nimadir qo'shilganini aytdi. Bu gaplardan keyin u men bilan boshqa hech qachon jang qila olmaydi”.
Fyuri jamoasining uchinchi jangdan bosh tortishga qonuniy asoslari bor. Bu bahs uchun tuzilgan shartnomada tomonlar uni 2020 yil oxiriga qadar o'tkazishlari lozim edi. Agar shunday bo'lgan bo'lsa, unda Uaylderning qanday davolari bo'lishi mumkinligi aniq emas va u umuman qanday qilib bunday sud qarorini olgan?
Joshuaning jamoasi Usikka imkoniyat berishga tayyor. Fyurining promouterlari Uaylderga tovon puli to'lash uchun hali bir to'xtamga kela olmadi
Fyuri hamda Joshua vakillari bu yangilikka turlicha munosabat bildirishdi. Eddi Xirn Uaylder jamoasi bilan kelishishga umid qilyapti. U:
“Biz o'ylagan asosiy jang, Tayson Fyuri hamda Entoni Joshua qarama-qarshiligidir. 14 avgustda jang bo'lishiga umid qilyapmiz. O'tgan tunda o'yin o'zgardi va bizda V reja, shuningdek C rejamiz ham bor. Yodimizga faqat WBO ning asosiy davogari Aleksandir Usik kelyapti”, - deb aytgan.
Promouter Aleksandir Krasyuk ham uni qo'llab-quvvatlayapti.
“Bugun ertalab ko'zlarimni ochganimda ko'rgan birinchi narsam telefonda dunyoning turli burchaklaridan kelgan turli hil odamlarning, bir hil xabarlari bo'ldi: Fyuri va Joshua o'rtasidagi jang bekor qilingan. Usikka kelsak, barchasi vaziyatga bog'liq. Yaqin orada Eddi Xirn bilan gaplashaman. Ertalab allaqachon xabarlashdik. Tashkil qilishimiz kerak bo'lgan jang borligiga ishonchim komil.
Usik WBO kamariga asosiy davogar. Fyuri va Joshua bahsi bunga to'siq bo'layotgandi. Agar jang bekor qilinsa, hech qanday to'siq bo'lmaydi va Joshua asosiy davogar bilan kurashishi kerak bo'ladi”, - deb malum qilgan.
Bob Arumning fikricha, Uaylder kutgani uchun tovon puli olishga loyiq emas. SHuningdek, Arum Fyuri - Uaylderning uchinchi jangi 24 iyun Las-Vegasdagi "Allegiant" stadionida bo'lishini ham malum qilgan:
“Biz Uaylder chetga chiqib turgani uchun pul to'lamaymiz. Avval uni hal qilishimiz, keyin qolgan ishlarni qilamiz. Fyuri - Joshua bahsini noyabr yoki dekabrda o'tkazishimiz mumkin”.
Frank Uorren esa boshqacha fikr bildirgan:
“SHubhasiz, Uaylder bilan muzokara olib borishga harakat qilishimiz lozim. Agar buni uddasidan chiqmasak, Tayson u bilan jang qilish yoki qilmasligini o'zi hal qilishi kerak. Fyuri - Joshua jangini barcha xohlaydi, shuningdek biz o'zimiz ham buni ko'rishni istayapmiz. Ammo hozir Deontey bilan shug'ullanishimizga to'g'ri kelyapti. Biroq biz kurashni tashkil qilish uchun astoydil harakat qilamiz.
Uaylderni rozi qilishimiz kerak, agar kelishuv bo'lsa, u tovon pulini olishga hech qanday shubha bo'lmaydi”, - deb aytgan.
Sud qaroriga Tayson Fyurining o'zi ham izoh qoldirdi:
“Deontey Ualder qanday hazilga aylandi. 20 million dollar so'raydi. Men yana uning boshini yorishimga kerakka o'xshaydi”.
Qanday bo'lmasin Fyuri - Uaylderning uchinchi va Joshua - Usik qarama-qarshiliklari, albatta, boks muxlislarini xafa qilmasa kerak. Tayson, ayniqsa EyJey o'zining kamarlari bilan qolish, qolmasligi katta savol.
Sports.ru sayti asosida Ozoda Qayumova tayyorladi
Fikrlar