So’nggi yangiliklar

22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0

02 iyu 14:44
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

"Tug'ruqdan so'ng o'zimni go'zal va kuchli his qila boshladim". UFC go'zali farzandlik bo'lgandan to'rt oy o'tib janglarga qaytdi + FOTOGALEREYA

Teglar :  Makkenzi DernUFC
Makkenzi Dern 1993 yilning 24 mart kuni AQSHning Finiks shahrida dunyoga kelgan.

Uning ota-onasi jiu-jitsu bo'yicha qora belbog' sohiblari bo'lishgan. Qizaloq uch yoshidan boshlab sport zalga borib, mashg'ulotlarda qatnashishni boshlaydi. Unga otasidan tashqari jiu-jitsu afsonalari Xoyler Greysi va Letisiya Ribeyro ham mashg'ulotlarda yordam berishgan. Dern yoshlar o'rtasidagi musobaqalarda yo'lida uchragan barcha raqiblarini mag'lub etib, bir nechta nufuzli musobaqalarda g'alaba qozongan. 

U jiu-jitsu bilan birgalikda 14 yoshidan boshlab dzyudo bilan ham shug'ullanishni boshlaydi. 20 yoshiga kelib qora belbog' sohibasiga aylanadi. SHundan so'ng Makkenzi o'zi uchun yangi daraja aralash yakkakurash sporti bilan shug'ullanishga qaror qiladi.

 MMAdagi faoliyatini LFC promoushenida boshlaydi. U qo'l zarbalariga qattiq etibor beradi, lekin uning asosiy kuchi kurash bo'lib qolaveradi. Dern LFCda jami to'rtta jangda ishtirok etib, barchasida g'alaba qozonishga erishadi. SHundan so'ng u Invista bilan hamkorlik qiladi va u erda ham bitta jangda ishtirok etib, og'ritish usuli bilan g'alaba qozonadi. 


Ketma-ket g'alabalardan so'ng u bilan sayyoramizning eng kuchli MMA promousheni - UFC bilan shartnoma imzolashga qaror qiladi va bunga erishadi. Ilk jangida u Eshli Ederga qarshi jang o'tkazib, ochkolar hisobi bo'yicha g'alabani tantana qildi. Bu g'alabadan so'ng Dern ikki oy o'tib, Amanda Kuperga qarshi jang qilishi lozim edi. Lekin faoliyati davomida uchinchi marta kerakli vaznga tusha olmaydi. SHunga qaramasdan Kuper Dernga qarshi o'rta vaznda jang qilishga rozi bo'ladi. Birinchi raundning o'zida Dern raqibasini mag'lub etadi.

Bu g'alabadan so'ng Dern faoliyatida tanaffus olishini malum qildi. Sababi u ona bo'lish arafasida edi. U 2019 yilning iyun oyida sahifamiz qahramoni qiz farzandlik bo'ldi. Ona bo'lganidan so'ng bir oy o'tishi bilan mashg'ulotlarga qaytgan Dern tezda UFCda jang qilish istagini bildirdi. Ammo, tashkilot rahbariyati bunday qarorni qabul qilishga qo'rqdi, chunki ular yaqinda farzandlik bo'lgan ayolning sog'lig'iga zarar etkazish niyatida emas edilar. Makkenzi esa tug'ruqdan so'ng o'zini ancha yaxshi his qilayotganini, kuchli va go'zal bo'lib borayotganini takidlaydi.


SHu tariqa, Dern tug'ruqdan to'rt oy o'tib UFCdagi navbatdagi jangini o'tkazdi. Amanda Ribasga qarshi kechgan bahsda Makkenzi ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi.









Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing