13 avg 20:55
Yangiliklar
"Turan jangchisi" UFC`dan chetlatildi
"Turan jangchisi" nomi bilan tanilgan o'ta engil vazn toifasi vakili Bekzat Almaxan bundan buyon UFC jangchisi hisoblanmaydi. 28 yoshli Almaxan 2024 yilda qisqa muddatli ogohlantirish bilan UFC`dagi debyutini Umar Nurmagomedovga qarshi o'tkazgan edi. Garchi u jang boshida rossiyalik raqibini nokdaun holatiga tushirishga muvaffaq bo'lgan bo'lsa-da, yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchragandi.
SHundan so'ng, qozog'istonlik jangchi Bred Katonani 64 soniya ichida nokautga uchratdi, biroq keyinchalik yana ikki bor mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. U Aleksandr Topuriya va Jan Macumotoga qarshi janglarda hakamlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan yutqazdi (garchi oxirgi jang natijasi ko'pchilik tomonidan bahsli deb hisoblansa ham).
Agar jangchi boshqa ligalarda bir nechta ishonchli g'alabalarga erisha olsa, uning UFC`ga qaytish imkoniyati hali ham saqlanib qolishi istisno etilmayapti.

Fikrlar