So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

18 iyu 14:14
Yangiliklar

Tokio-2020

Turizm va sport vazirligida Tokio-2020 Tezkor shtabi o'z faoliyatini boshladi

Teglar :  Tokio-2020
Barchamiz orziqib kutayotgan Tokio-2020 XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlari boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi.

Bu safargi musobaqaga bo'lgan qiziqish har qachongidan yuqori, desak mubolag'a bo'lmaydi. CHunki, 32-marotaba o'tkazilayotgan o'yinlarni ishtirokchilar va albatta muxlislar ham ancha uzoq, yani 5 yil kutishdi. Vaholanki, shu paytgacha biron marotaba zamonaviy Olimpiya o'yinlarining muddati o'zgarmagan.

Mazkur o'yinlarning yurtimiz sportchilari uchun ahamiyatli jihati shundaki, Tokiodagi musobaqalar xalqimizning eng ulug' va eng aziz bayrami – O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik yubileyi arafasida o'tkazilmoqda. SHu bois har bir sportchimiz kunchiqar yurtdan yorug' yuz bilan qaytib, istiqlol ayyomiga munosib to'yona hozirlashni maqsad qilishgan.

Bo'lajak o'yinlarga bo'lgan qiziqishning yuqori ekanligini inobatga olgan holda Turizm va sport vazirligida tezkor shtab faoliyati yo'lga qo'yildi. Tezkor shtab 2021 yil 17 iyuldan 5-centyabrga qadar faoliyat ko'rsatib, uning oldiga Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlaridagi yurtimiz sportchilarining ishtiroki to'g'ridagi kunlik malumotlarni umumlashtirish hamda ularni keng sport jamoatchiligiga etkazish vazifasi yuklatilgan.

Malumot uchun: Tokio-2020 XXXII yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan O'zbekiston delegaciyasi shu yilning 19 iyul sanasida charter reys orqali kunchiqar yurtga jo'nab ketishadi.

Tezkor shtab bilan bog'lanish va kerakli malumotlarni olish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:

(95) 142-73-77,

(95) 143-73-77

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing