So’nggi yangiliklar

14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0 13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0 13:11Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/2 финал иштирокчисига айланди 0 12:50Бугун 5 нафар аралаш яккакурашчимиз Octagon 66 турнирида жанг қилади 0 12:29FourFourTwo ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди 0 12:08Сувга сакраш бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилмоқда 0 11:47UFC жангчиси Виктория Дудаковага рақиб берилди 0 11:26Бетербиев ММАга ўтиш ҳақидаги саволга жавоб берди 0 11:05Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда 0 10:44Чендлер энди кимга қарши жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 10:23Шу ҳафта Хитойда ўтказиладиган UFC турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 10:01Собиқ чемпионлар Петр Ян ва Дейвисон Фигерейду ўзаро жанг олдидан юзма-юз келди (ФОТО) 0 09:39Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум 0 09:18Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи кун ғолиблари маълум 0

28 jan 20:53
Yangiliklar

Tadbirlar

Turizm va sportni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Teglar :  SportTurizm
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 28 yanvar kuni turizmni rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish masalalari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.

Bugungi kunda jahon turizm bozori hajmi qariyb 9 trillion dollarni tashkil etmoqda. Dunyoda ish bilan band aholining har o'ninchisi ushbu sohada faoliyat yuritmoqda.

Tahlillarga ko'ra, turistlar havo transportida uchish vaqti 5 soatgacha bo'lgan o'lkalarga eng ko'p sayohat qiladi. Mamlakatimiz atrofida bunday masofada 60 ga yaqin davlat, 3 milliard aholi bor. Yiliga ularning qariyb 360 millioni xorijga sayohat qiladi. Bu ulkan turizm bozori degani.

O'tgan yili yurtimizga 6,7 million nafar sayyoh kelgan. Diyorimiz 10 dan ortiq nufuzli xalqaro nashrlarda eng jozibali turistik maskan sifatida etirof etildi.

Prezident SHavkat Mirziyoev o'tgan haftada o'zining Oliy Majlisga Murojaatnomasida turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog'iga aylantirish ustuvor vazifa ekanini takidladi.

Joriy yilda xorijdan keladigan sayyohlar sonini 7,5 millionga, 2022 yilda 10 millionga va 2025 yilda 12 millionga etkazish rejalashtirilgan. Bu orqali turizm xizmatlari eksporti joriy yilda 1,5 milliard dollar, keyingi 5 yilda 3 milliard dollargacha oshiriladi.

Davlatimiz rahbarining say-harakatlari, xususan, 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taminlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori tufayli va yurtimiz aholisining farovonligi oshgani sayin ichki turizm ham kengayib bormoqda. Biroq, yig'ilishda takidlanganidek, jahon standartlariga mos mehmonxonalar, malakali gidlar etishmaydi.

SHu bois mehmonxonalarni joriy yilda 1 ming 700 taga, kelgusi 5 yilda 3 mingtagacha ko'paytirish kerak. Oilaviy mehmon uylarini ham 2 mingtaga etkazish zarur.

Bular orqali turizm sohasida yiliga kamida 30 mingta yangi ish o'rni yaratish maqsad qilingan.

Tanqidiy tahlil ruhida o'tgan yig'ilishda ushbu natijalarga erishish uchun amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Sayyohlikning ananaviy turlari qamrovini kengaytirish bilan birga yangi ko'rinishlarini ko'paytirish zarurligi takidlandi.

Kardiologiya, urologiya, stomatologiya, oftalmologiya kabi yurtimiz yuqori salohiyatga ega bo'lgan tibbiyot yo'nalishlarida turizmni rivojlantirish, sog'lomlashtirish va dam olish maskanlariga strategik investorlarni jalb qilish bo'yicha topshiriqlar berildi. MDH davlatlari kasaba uyushmalari bilan yaqin aloqalarni yo'lga qo'yib, sayyohlar sonini keskin oshirish mumkinligi ko'rsatib o'tildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi va Madaniyat vazirligiga turizm marshrutiga kiritilgan obektlar sonini joriy yilda 800 taga, 2025 yilda esa 2,5 mingtaga etkazish vazifasi qo'yildi.

Qishki turizmni rivojlantirish bo'yicha 2020-2025 yillarga mo'ljallangan investiciya loyihalarini ishlab chiqib, amalga oshirish muhimligi takidlandi.

Samolyot va poezdlarimizda xizmat ko'rsatish sifati pastligi, chiptalar narxi esa qimmatligi yo'lovchilarning asosli etirozlariga sabab bo'lmoqda. Oqibatda ko'pchilik xorijiy tashuvchilar xizmatini tanlamoqda. Temir yo'l va avia yo'nalishlarimiz keng qamrovli va raqobatbardosh emasligi ko'rsatib o'tildi.

Transport vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasiga O'zbekistonning 4 aeroportida joriy etilgan “ochiq osmon” rejimidan to'liq foydalanish, yangi avia yo'nalishlar ochish, tezyurar poezdlar sonini ko'paytirish, chiptalar narxini arzonlashtirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Yo'lbo'yi turizm infratuzilmasini rivojlantirish, “turizm qishlog'i”, “turizm ovuli” va “turizm mahallasi” loyihalarini amalga oshirish masalalariga ham to'xtalib o'tildi.

O'tgan yili xorijiy kinokompaniyalar tomonidan mamlakatimizda 1,6 million dollarlik 6 ta badiiy film suratga olindi. SHunda xarajatlarning bir qismini O'zbekiston tomonidan qoplash tizimi yo'lga qo'yilsa, bu madaniyat turizmi rivojiga katta turtki berishi bilan birga o'lkamizning xalqaro maydonda targ'ibotiga ham hissa qo'shadi.

“O'zbekkino” milliy agentligiga xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yurtimizda suratga olish mexanizmlarini joriy etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Turizm sohasida kadrlar masalasiga etibor qaratilar ekan, 20 ta oliy talim muassasasida hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasiga biriktirilgan 3 ta texnikum va 9 ta kollejda ishchi kasblar tayyorlash tizimini joriy etish bo'yicha hali ko'p muammolar o'z echimini topmagani ko'rsatib o'tildi. O'quv jarayonida ilg'or tajribalarni joriy etish bo'yicha vazifalar belgilandi.

Yig'ilishda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 24 yanvarda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni sohaning kelgusi rivojiga asos yaratdi.

Farmonda barcha tuman va shaharlarni kamida 3 ta sport turiga ixtisoslashtirish orqali katta sportga sifatli zaxira shakllantirish tizimini yo'lga qo'yish chora-tadbirlari belgilandi.

Bu yil 269 ta futbol, voleybol, basketbol va badminton maydonlari, 178 ta boks, kurash, fitnes va gimnastika sport zallari, 32 ta tennis korti qurish vazifasi qo'yilib, uning moliyaviy manbalari hal qilib berildi.

Yig'ilishda mazkur farmonda belgilangan vazifalar ijrosi bilan bog'liq masalalar ko'rib chiqildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga har bir tuman kesimida tashabbuskorlarni aniqlab, Qurilish vazirligi bilan birgalikda arzon va energiya tejamkor sport inshootlari qurish bo'yicha namunali loyihalarni tayyorlash topshirildi.

Sport va jismoniy tarbiya bilan muntazam shug'ullanadigan aholining umumiy sonini joriy yilda 18 foizga, 2025 yilda esa 30 foizga etkazish, shuningdek, 7 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlarning kamida 30 foizini ommaviy sportga jalb qilish kerakligi takidlandi.

Mamlakatimizda jahon hamda qita chempionatlari va boshqa nufuzli xalqaro sport musobaqalarini o'tkazish orqali sport turizmini rivojlantirish lozimligi ko'rsatib o'tildi.

Milliy sport turlari, xususan, kurashni yanada rivojlantirish, uni Olimpiya o'yinlari dasturlariga kiritish muhimligi qayd etildi.

Yig'ilishda joriy yilda Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik masalasiga alohida etibor qaratildi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilar axborot berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing