20 avg 15:46
Yangiliklar
Turki Al ash-SHeyx Inoue - Rodriges jangini tashkil qilish bilan shug'ullanmoqda
AQSHning engil vazn bo'yicha jahon chempioni Jessi Rodriges The Ring P4P reytingida to'rtinchi, Inoue esa birinchi o'rinni egallab turibdi. 26 yoshli Rodriges bu jang uchun vaznni oshirishga tayyor.
Dastlab Inoue jamoasi bu jangni Nagoyadagi 17 ming tomoshabin sig'adigan IG Arena stadionida o'tkazishni rejalashtirgan edi, ammo keyin Turki Al ash-SHeyx jangni tashkil qilishga qiziqish bildirgan.
U Yaponiyada Riyadh Season brendi ostida katta turnir o'tkazmoqchi, shu bois fevral oyida Inoue va Rodriges jangi uchun Fukuokadagi 40 ming tomoshabin sig'adigan Mizuho PayPay Dome stadioni bron qilingan. 1993 yilda ushbu stadionda restling shousiga 55 ming tomoshabin to'plangan.
Mart oyida esa 57 ming tomoshabin sig'adigan Tokyo Dome stadioni bron qilingan, bu erda Inoue avvalgi jangini Dzyunto Nakataniga qarshi o'tkazgan.
SHuningdek, Riyadh Season ishtirokchilarning mukofot pullarini oshirishga tayyor. Ular Rodrigesga Yaponiyadagi jang uchun bir milliard yendan (6,2 million dollardan) ortiq taklif qilmoqda, Inouega esa taxminan besh baravar ko'proq.
Aytilishicha, Rodriges jamoasi hali taklifga javob bermagan, chunki u yil oxirida WBO engil vazn chempioni Kristian Medinaga qarshi birlashtiruvchi jang o'tkazishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar