07 dek 13:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Turki al ash-SHeyx Isroil Madrimov ringga chiqadigan turnirning translyaciya narxini oshkor etdi va bokschilarga murojaat qildi
Saudiya Arabistoni ko'ngilochar boshqarmasi raisi Turki al ash-SHeyx 22 fevral kuni Ar-Riyodda bo'lib o'tadigan boks oqshomining pulli translyaciyalari narxini elon qildi.
"Biz PPV narxini Buyuk Britaniyada 19,99 funt sterling, AQSHda va butun dunyoda 25,99 dollardan oshmaydigan qilib belgilaymiz. Muxlislar xursand bo'lishlari va zavqlanishlarini istaymiz. Kelinglar, boksni yana ajoyib holga qaytaraylik", dedi al ash-SHeyx.
Malumot uchun, bo'lajak turnir doirasida o'zbekistonlik sobiq Jahon chempioni Isroil Madrimov WBC Interim chempioni Verjil Ortisga qarshi ringga chiqadi.
Havola :
Manba : fightnews.com
Fikrlar