21 iyu 10:27
Yangiliklar

Turki Al ash-SHeyx Kanelo – Krouford jangidagi nokaut uchun qo'shimcha bonus elon qildi
Agar ushbu jangda kim muddatidan avval nokaut yoki texnik nokaut bilan g'alaba qozonadigan bo'lsa, qo'shimcha pullik bonusni qo'lga kiritadi. Al ash-SHeyx hozircha ushbu mukofot pulining miqdorini oshkor qilmadi. SHunisi aniqki, xuddi shunday bonuslar Riyadh Season bayrog'i ostida o'tkaziladigan barcha janglarga amal qiladi.
Eslatib o'tamiz, Saul Alvaresning may oyida Uilyam Skullga qarshi o'tkazgan jangi zarbalar soni bo'lsa antirekord o'rnatgandi. To'liq 12 raund davom etgan jangda har ikki bokschining umumiy yo'llagan zarbalari bor yo'g'i 445 tani tashkil qilgandi.
"Men har qanday holatda ham bu jangni yutaman. Hech kimga butun umr qilib kelayotgan ishimni qanday amalga oshirimni o'rgatishlariga yo'l qo'ymayman. Lekin shuni vada bera olamanki, jangda qochmayman, aksincha men tomondan yo'llanadigan zarbalari ko'p bo'ladi", — deya bonus haqidagi yangilikka munosabat bildirgan Terens Krouford.
Fikrlar