07 mar 17:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Turki Dana Uayt bilan hamkorlik haqida - "Uning oldida qiyin vazifa turibdi, lekin..."
Saudiya Arabistoni ko'ngilochar boshqarmasi boshlig'i Turki al ash-SHeyx UFC prezidenti Dana Uayt bilan birgalikda yangi boks promousheni yaratish bo'yicha kelishuv imzolanganiga izoh berdi.
"Juda xursandman. Men boks bayrog'ini uni boshqara oladigan eng yaxshi insonga topshiraman. Uning oldida hozir qiyin vazifa turibdi, biroq ishonchim komilki, u muxlislarga ajoyib ligani taqdim eta oladi va boksni yana ajoyib holatga keltira oladi", deya vaziyatga munosabat bildirdi al ash-SHeyx.
Arablar va Uayt boshchiligidagi kompaniya hamkorligidagi yangi boks promoushenining ilk musobaqasi 2026 yilda o'tkazilishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar