So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

29 avg 19:39
Yangiliklar

Sport kurashlari

Turkiya 60 yil avvalgi Olimpiadagi triumfni nishonlayapti

1960 yilning avgust oydia turkiyalik kurashchilar Rim Olimpiadasida tarixiy natija qayd etishgan.

O'sha paytlarda erkin va yunon-rim kurashi bahslarida 8 tadan medallar jamg'armasi o'ynalardi. Bosfor bo'g'ozi pahlavonlari to'rt yillikning eng nufuzli musobqasida 7 ta oltin, 2 ta kumush medalini qo'lga kiritishgan edi. Rim gilamlaridagi muvaffaqiyatli ishtirok Turkiya kurashi tarixida  erishilgan eng katta g'alaba hisoblanadi. Kuni kecha ushbu tarixiy voqeylikka roppa-rosa 60 yil to'ldi.  

Turkiya erkin kurashchilaridan Mustafa Dagistanli (suratdagi) finaldagi g'alabadan keyin gilamni o'pib, faoliyatini yakunlaganini elon qilgan. U ikki karra Olimpiada, uch karra jahon chempioni bo'lgan. SHuningdek, Ismet Atli, Xassan Gyongor, Axmet Bilek singari polvonlar ham chempionlik yo'lida kuchli raqiblarini mag'lub etib, shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishgandi. 

Turkiya kurash federaciyas prezidenti Musa Aydin Rimdagi tarixiy triumf haqida shunday dedi: "Kurashchilar barcha davrlarda ham Turkiya sportining bayroqdorlaridan bo'lgan. Aynan ular bundan 60 yil avval Rimda tarix yozishgan. Biz hamisha ularni eslaymiz va yoshlarga o'rnak sifatida ko'rsatamiz".

Malumot uchun, turkiyalik sportchilar 1936 yilgi Olimpiadadan to shu kungacha jami 91 ta medal (38 ta oltin, 25 ta kumush, 28 ta bronza) qo'lga kiritishgan. SHulardan 63 medal (29-18-16) aynan kurashchilarga tegishli.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing