28 dek 15:40
Yangiliklar
Turkiyada hakamni kaltaklaganlikda ayblanayotgan "Ankaraguju" sobiq prezidenti ozodlikka chiqdi
Manbaga ko'ra, Koja advokatlarining shikoyati qanoatlantirilganidan keyin qo'yib yuborilgan. Qolgan ayblanuvchilar esa hibsda qolmoqda.
Turkiya Superligasining 15-turidan o'rin olgan "Rizespor"ga (1:1) qarshi o'yindan so'ng Koja hakam Halil Umut Melerga musht tushirdi. Uning xatti-harakatlariga Melerning o'yin davomida chiqargan qarorlari sabab bo'lgan.
Keyinroq Koja "Ankaraguju" prezidenti lavozimini tark etdi.
12 dekabr kuni Turkiya Futbol Federaciyasi mamlakatdagi barcha ligalar nomalum muddatga to'xtatilganini elon qildi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'on hakamga qilingan hujumni qoralab, unga tezroq sog'ayib ketishni tiladi.
15 dekabr kuni Turkiya Futbol Federaciyasi Kojani umrbod futboldan chetlashtirdi.
Fikrlar