25 iyu 19:05
Yangiliklar
Futbol
Turkiyaning TOP klubi SHomurodovga qiziqish bildirmoqda
"Istanbul Bashakshexir" hujumchisi Eldor SHomurodovga Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi qiziqish bildirmoqda.
O'tgan mavsum chempionatni ikkinchi o'rinda yakunlagan "Fenerbaxche" SHomurodovni hujumdagi raqobatni oshirish uchun ideal variant sifatida ko'rmoqda. Bu haqda "Fotomac" nashri xabar bermoqda.
SHuningdek, Eldorga Turkiyaning boshqa bir jamoasi "Trabzonspor" hamda Saudiya Arabistoni klublaridan ham moliyaviy jihatdan juda manfaatli takliflar borligi aytilmoqda.
Hamyurtimiz yakunlangan mavsumda 22 ta gol va 5 ta assist qayd etgandi.
Havola :
Manba : Fotomac
Fikrlar