07 mar 14:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Tursunoy Rahimova koreyalik raqibasini mag'lubiyatga uchratdi
Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo'yicha Osiyo/Okeaniya mintaqasining licenzion musobaqasi davom etmoqda.
Xabar berganimizdek, bugungi kun dasturidan uch nafar charm qo'lqop ustamizning ringga chiqishi rejalashtirilgan edi. Hozirgina ulardan Tursunoy Rahimova o'zining ilk jangini yakunladi.
-51 kg vazn toifasida Tokio-2020 Olimpiadasi yo'llanmasi uchun kurashga kirishgan bokschimiz koreyalik Ju Xyun Jungga qarshi ringga chiqdi va raqibasini 5:0 hisobida mag'lub etishni uddaladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar