10 sen 07:33
Yangiliklar
Dzyudo, Tokio-2020
Tursunposhsha Nurmetova – Paralimpiya o'yinlari sovrindori!
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri mezbonlik qilayotgan Paralimpiya o'yinlari o'zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda.
To'rt yillikning nufuzli musobaqasida O'zbekiston Paralimpiya terma jamoasining 32 nafar sportchisi 5ta sport turida yurtimiz sharafini himoya qilyapti. Kecha to'rt nafar paralimpiyachilarimiz medallar uchun bahslarda ishtirok etishdi.
Dzyudo musobaqasining ayollar o'rtasidagi -63 kg vazn toifasidagi bahslarida tatamiga chiqqan Tursunposhsha Nurmetova terma jamoamizga navbatdagi bronza medalini taqdim etdi. U xitoylik Tong Jouni mag'lub etib, yarim finalga yo'l olgandi.
Lekin final ostonasida ukrainalik Irina Xusievaga imkoniyatni boy berdi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa shveciyalik raqibasi NIkolina Perxneimdan ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar