11 noy 13:13
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/48388_220.jpg)
Tuxugov va Magomedov uch kundan so'ng Las-Vegasda so'roq qilinadi
AQSHning Las-Vegas shahrida Nevada shtati Atletik komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadi.
14 noyabr kuni o'tkaziladigan ushbu yig'ilishda UFC 229 turniridagi holat ko'rib chiqiladi. Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor o'rtasidagi chempionlik jangidan so'ng “T-Mobile Arena”da dahanaki janjal yuzaga kelgandi.
Rossiyalik sportchining jamoadoshlari, uning amakivachchasi Abubakar Nurmagomedov, UFC jangchisi Zubayra Tuxugov, Xabibning menejeri Rizvan Magomedov hamda murabbiylardan biri Esadulla Emiragaev so'roq qilinadi.
SHuningdek, Makgregor jamoasi vakili Dilon Dennis ham surishtiruvda ishtirok etadi. Aynan Dilon anchadan beri Xabibni haqorat qilib kelayotgandi. Aslida ushbu janjalning yuzaga kelishiga ham Dennisning so'zlari sabab bo'lgandi.
Havola :
Fikrlar