15 apr 07:31
Yangiliklar
Futbol

U-17 Osiyo Kubogi. Qo'shnilarimiz 90+8-daqiqada g'alabani qo'ldan chiqarib, penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi + VIDEO
Saudiya Arabistonida o'tayotgan U-17 Osiyo Kubogining chorak finalidan o'rin olgan Tojikiston - Koreya Respublikasi uchrashuvi qo'shnilarimiz uchun alamili tarzda yakunlandi.
Uchrashuvda dastlab koreyaliklar hisobni ochishdi. SHundan so'ng Ibrohimzoda va Nazriev gollar urib, Tojikistonni oldinga olib chiqdi. Biroq bahsning 90+9 daqiqasida Koreya Respublikasi vakili Jeong penaltidan unumli foydalandi va hisobni 2:2 ko'rinishga keltirdi.
Penaltilar seriyasida esa omad koreyaliklar tomonida bo'ldi va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Yarim final juftliklari:
O'zbekiston — KXDR
Koreya Respublikasi — Saudiya Arabistoni.
Havola :
Fikrlar