30 apr 18:05
Yangiliklar
Xokkey
U-18 xokkey terma jamoamiz Osiyo Kubogidagi uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi
Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkekda xokkey bo'yicha U-18 yosh toifasidagi Osiyo Kubogi o'tkazilmoqda.
Bugun O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi musobaqadagi uchinchi o'yinini o'tkazdi.
Mo'g'uliston U-18 termasiga qarshi muzga chiqqan vakillarimiz yakunda 7:2 hisobida zafar quchdi.
Eslatib o'tamiz, xokkeychilarimiz dastlabki turda Qirg'izistonni 4:2, ikkinchi o'yinda esa Hindistonni 15:1 hisobida dog'da qoldirgan edi.
O'zbekiston mazkur yosh toifasida musobaqaning amaldagi g'olibi hisoblanadi.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar