08 okt 10:53
Yangiliklar
Boks/MMA
"U barchani taslim etadi". Dana Uayt UFC jangchisiga tarif berdi
UFC prezidenti Dana Uayt kimga bunday tarif berdi ekan?
Ha, bu braziliyalik chempion Aleks Pereyra. UFC prezidenti aynan uning Xalil Rauntriga qarshi kechgan jangi haqida gapirdi. Pereyra Rauntriga qarshi jangda o'z kamarini uchinchi marotaba muvaffaqiyatli himoya qilgan edi.
"Pereyraning qilgan ishi aql bovar qilmaydigan darajada. U barchani taslim etadi. Bu yigit doimo janglarni istaydi. Qarang, u yaqinda 38 yoshga to'ladi. Ko'ramiz, voqealar rivoji qanday kechar ekan?", - dedi Dana Uayt matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : MMA Hour
Fikrlar