15 noy 13:30
Yangiliklar
Boks/MMA
"U g'azabda edi". Ekspert Do'smatov va Bibosinov jangiga munosabat bildirdi
Britaniyalik taniqli boks eksperti Teylor O'Xiggins Hasanboy Do'smatov va Saken Bibosinov o'rtasidagi jang haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"2016 yilgi Olimpiada chempioni -51 kg vazn toifasida amaldagi jahon chempioni Saken Bibosinovni mag'lub etdi va uchinchi marotaba Osiyo chempioniga aylandi. O'zbekistonlikning yorqin chiqishi. Fikrimcha, u barcha raundda g'alaba qozondi.
Bibosinov Tokio Olimpiadasi yarim finalida Galal Yafayga yutqazib qo'yganidan g'azabda edi. Ammo Do'smatovning zarbalari, ayniqsa tepadan chap qo'ldagi va o'ng qo'ldagi xuk bu vaziyatda hal qiluvchi rolni o'ynadi", - deb yozdi O'Xiggins.
Havola :
Fikrlar