17 jan 16:09
Yangiliklar
"U hatto yaxshi orzu qilishni ham bilmaydi". Topuriya - Maxachevning uni mag'lub etishi haqida
Asli gruziyalik, hozirda Ispaniya sharafini mag'lubiyatsiz himoya qilayotgan 28 yoshli Iliya yarim o'rta vazn (77 kg gacha) toifasida rossiyalik 34 yoshli UFC chempioni Islam Maxachev hamda engil vazn toifasi UFC reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Arman Carukyan bilan ehtimoliy janglar haqidagi savollarga javob berdi.
Muxlis: Islam Maxachev seni sabmishen evaziga mag'lub eta oladimi?
Topuriya: Hatto eng ishonchi tushlarda ham - yo'q! U hatto yaxshilab orzu qilishni ham bilmaydi.
Muxlis: Arman Carukyanni nokaut qila olaman deb o'ylaysanmi?
Topuriya: Oson, - deb yozdi Topuriya o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Iliya Topuriya 2015 yilning aprel oyida professional aralash yakkakurash jangchisi sifatida debyut qilgan. "El Matador" dunyoning eng kuchli ligasi - UFC`da 2020 yil oktyabr oyidan buyon o'z janglarini o'tkazib kelyapti. Uning hisobida 17 g'alaba bor (15 tasi muddatidan avval).

Fikrlar