05 jan 09:07
Yangiliklar
"U hech kim bilan maslahatlashmadi". Veronika Kudermetova - singlisining fuqaroligini o'zgartirgani haqida
Uning aytishicha, Polina Kudermetova fuqarolikni o'zgartirish to'g'risida qaror qabul qilishdan oldin hech kim bilan maslahatlashmagan.
— Yaqinda singlingiz Polina Kudermetovaning O'zbekiston sharafini himoya qilishi malum bo'ldi. Uning qarori nima bilan bog'liq?
— Ochig'ini aytsam, men uchun biroz og'riqli mavzu. Uning tanlovini maqullamayman, u hech kim bilan maslahatlashmagan, bu uning shaxsiy tanlovi. Menimcha, uning sport fuqaroligini o'zgartirish motivaciyasi ham moliyaviy manoga, ham Olimpiadaga borish istagiga ega. Har holda, rossiyalik sportchi maqomida u reytingda yuqori o'rinlarga davogarlik qilishi qiyin edi. O'zbekiston tarkibida esa u reytingda uchinchi yoki hatto ikkinchi sportchi bo'ladi", - deya Kudermetovaning so'zlarini keltiradi "Tatar-inform Sport."

Fikrlar